Sura Al-Ahqaf (Qum tepaliklari — الأحقاف) (Oyat 3)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




46 Al-Ahqaf(الأحقاف), Oyat 3

مَا خَلَقْنَا السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضَ وَمَا بَيْنَهُمَا إِلَّا بِالْحَقِّ وَأَجَلٍ مُسَمًّى ۚ وَالَّذِينَ كَفَرُوا عَمَّا أُنْذِرُوا مُعْرِضُونَ 3 ٣

Osmonlaru yerni hamda ular o`rtasidagi narsalarni faqat haq va belgilangan muddat ila yaratdik. Kofirlar bo`lsa, o`zlari ogohlantirilgan narsadan yuz o`giruvchilardir. (3)

Tafsir
Osmonlaru yerni va ular orasidagi narsalarni bekorga yaratmadik. Hammasini haq va yetuk hikmat bilan yaratdik. Toki, ulardan ayrimlarini bandalar tanisinlar, bilsinlar va yolgʻiz Allohga ibodat qilib, U Zotga shirk keltirmasinlar. Zamindagi xalifalik vazifalarini faqat Allohga ayon boʻlgan muddatga qadar halol bajarsinlar. Allohga kufr keltirgan kimsalar esa Allohning kitobida kelgan ogohlantirishlardan yuz oʻgiradilar, ularga parvo qilmaydilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin