Sura Al-Ahqaf (Qum tepaliklari — الأحقاف) (Oyat 8)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




46 Al-Ahqaf(الأحقاف), Oyat 8

أَمْ يَقُولُونَ افْتَرَاهُ ۖ قُلْ إِنِ افْتَرَيْتُهُ فَلَا تَمْلِكُونَ لِي مِنَ اللَّهِ شَيْئًا ۖ هُوَ أَعْلَمُ بِمَا تُفِيضُونَ فِيهِ ۖ كَفَىٰ بِهِ شَهِيدًا بَيْنِي وَبَيْنَكُمْ ۖ وَهُوَ الْغَفُورُ الرَّحِيمُ 8 ٨

Balki, u(Qur'on)ni o`zi to`qib olgan, ham derlar. Sen: «Agar uni to`qib olgan bo`lsam, Allohdan (keladigan) biror narsani mendan qaytarishga qodir emassiz. U zotning O`zi u(kitob) haqida siz sho`ng`iyotgan narsalarni yaxshi biluvchidir. Men bilan sizning o`rtangizda guvohlikka Uning O`zi kifoyadir. Va U kechiruvchi ham rahimli Zotdir», deb ayt. (8)

Tafsir
Anavi mushriklar: "Quronni Muhammadning oʻzi toʻqigan", deydilarmi? Ey Paygʻambar, ularga ayting: "Agar Quronni oʻzim toʻqiydigan boʻlsam va buning uchun Alloh meni azoblamoqchi boʻlsa, sizlar menga hech qanday yordam bera olmaysizlar-ku. Shunday ekan, qanday qilib men oʻzimni oʻzim azobga tutib beray? Sizlarning Quronni yomonlash, unga zarba berish borasida qilayotgan hamma ishlaringizni Alloh juda yaxshi bilib turibdi. Men bilan sizlarning oʻrtamizda guvoh boʻlishga Uning Oʻzi kifoyadir. U tavba qilgan bandalarini magʻfirat qiladigan va ularga Mehribon Zotdir".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin