Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Ahqof — Oyat 8 (Oʻzbekcha) — Video

Ahqof • Oyat 35 dan 8 • Oʻzbekcha


أَمْ يَقُولُونَ افْتَرَاهُ ۖ قُلْ إِنِ افْتَرَيْتُهُ فَلَا تَمْلِكُونَ لِي مِنَ اللَّهِ شَيْئًا ۖ هُوَ أَعْلَمُ بِمَا تُفِيضُونَ فِيهِ ۖ كَفَىٰ بِهِ شَهِيدًا بَيْنِي وَبَيْنَكُمْ ۖ وَهُوَ الْغَفُورُ الرَّحِيمُ 8
Tarjima:
Balki, u(Qur'on)ni o`zi to`qib olgan, ham derlar. Sen: «Agar uni to`qib olgan bo`lsam, Allohdan (keladigan) biror narsani mendan qaytarishga qodir emassiz. U zotning O`zi u(kitob) haqida siz sho`ng`iyotgan narsalarni yaxshi biluvchidir. Men bilan sizning o`rtangizda guvohlikka Uning O`zi kifoyadir. Va U kechiruvchi ham rahimli Zotdir», deb ayt. Ahqof 46:8
Tafsir:
Anavi mushriklar: "Quronni Muhammadning oʻzi toʻqigan", deydilarmi? Ey Paygʻambar, ularga ayting: "Agar Quronni oʻzim toʻqiydigan boʻlsam va buning uchun Alloh meni azoblamoqchi boʻlsa, sizlar menga hech qanday yordam bera olmaysizlar-ku. Shunday ekan, qanday qilib men oʻzimni oʻzim azobga tutib beray? Sizlarning Quronni yomonlash, unga zarba berish borasida qilayotgan hamma ishlaringizni Alloh juda yaxshi bilib turibdi. Men bilan sizlarning oʻrtamizda guvoh boʻlishga Uning Oʻzi kifoyadir. U tavba qilgan bandalarini magʻfirat qiladigan va ularga Mehribon Zotdir".
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Ahqof • Oyat 7 Keyingi Ahqof • Oyat 9