Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Ahqof — Oyat 9 (Oʻzbekcha) — Video

Ahqof • Oyat 35 dan 9 • Oʻzbekcha


قُلْ مَا كُنْتُ بِدْعًا مِنَ الرُّسُلِ وَمَا أَدْرِي مَا يُفْعَلُ بِي وَلَا بِكُمْ ۖ إِنْ أَتَّبِعُ إِلَّا مَا يُوحَىٰ إِلَيَّ وَمَا أَنَا إِلَّا نَذِيرٌ مُبِينٌ 9
Tarjima:
Sen: «Men birinchi Payg`ambar emasman, menga va sizlarga nima qilinishini bilmasman. Faqat, o`zimga vahiy qilinayotgan narsagagina ergashurman. Men ochiq-oydin ogohlantiruvchiman, xolos», deb ayt. Ahqof 46:9
Tafsir:
Ey paygʻambar, sizning paygʻambarligingizni tan olmay, oʻzingizni yolgʻonchiga chiqarayotgan anavi mushriklarga ayting: "Men Alloh yuborgan birinchi paygʻambar emasmanki, bu qadar ajablansangizlar. Mendan oldin ham juda koʻp paygʻambarlar oʻtgan-ku. Alloh menga nima qilishini ham, sizlarga nima qilishini ham bilmayman. Men oʻzimga yuborilgan vahiygagina ergashaman. Har bir gapim, har bir ishim vahiyga muvofiq boʻladi. Men sizlarni Allohning azobidan ogohlantiradigan bir ogohlantiruvchiman, xolos".
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Ahqof • Oyat 8 Keyingi Ahqof • Oyat 10