Sura Al-Ahqaf (Qum tepaliklari — الأحقاف) (Oyat 9)
Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Sen: «Men birinchi Payg`ambar emasman, menga va sizlarga nima qilinishini bilmasman. Faqat, o`zimga vahiy qilinayotgan narsagagina ergashurman. Men ochiq-oydin ogohlantiruvchiman, xolos», deb ayt. (9)
Tafsir
Ey paygʻambar, sizning paygʻambarligingizni tan olmay, oʻzingizni yolgʻonchiga chiqarayotgan anavi mushriklarga ayting: "Men Alloh yuborgan birinchi paygʻambar emasmanki, bu qadar ajablansangizlar. Mendan oldin ham juda koʻp paygʻambarlar oʻtgan-ku. Alloh menga nima qilishini ham, sizlarga nima qilishini ham bilmayman. Men oʻzimga yuborilgan vahiygagina ergashaman. Har bir gapim, har bir ishim vahiyga muvofiq boʻladi. Men sizlarni Allohning azobidan ogohlantiradigan bir ogohlantiruvchiman, xolos".
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: