Sura Muhammad (Muhammad ﷺ — محمد) (Oyat 13)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




47 Muhammad(محمد), Oyat 13

وَكَأَيِّنْ مِنْ قَرْيَةٍ هِيَ أَشَدُّ قُوَّةً مِنْ قَرْيَتِكَ الَّتِي أَخْرَجَتْكَ أَهْلَكْنَاهُمْ فَلَا نَاصِرَ لَهُمْ 13 ١٣

Ko`pgina shaharlar seni chiqargan shaharingdan ko`ra quvvatliroq edi, ularni halok qildik. Bas, ularga nusrat beruvchi yo`qdir. (13)

Tafsir
Sizni chiqarib yuborgan Makka aholisidan koʻra mol-davlat jihatidan ham, bola-chaqa jihatidan ham qudratliroq boʻlgan oʻtmishdagi qancha qishloqni oʻzlariga yuborilgan paygʻambarni yolgʻonchiga chiqarganlari tufayli halok aylaganmiz. Ularni Allohning azobidan qutqarib qoladigan biron madadkor boʻlmagan. Istasak, Makkani ham bir zumda vayron etamiz. Shunday qilish Biz uchun qiyin ish emas.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin