Sura Muhammad (Muhammad ﷺ — محمد) (Oyat 16)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




47 Muhammad(محمد), Oyat 16

وَمِنْهُمْ مَنْ يَسْتَمِعُ إِلَيْكَ حَتَّىٰ إِذَا خَرَجُوا مِنْ عِنْدِكَ قَالُوا لِلَّذِينَ أُوتُوا الْعِلْمَ مَاذَا قَالَ آنِفًا ۚ أُولَٰئِكَ الَّذِينَ طَبَعَ اللَّهُ عَلَىٰ قُلُوبِهِمْ وَاتَّبَعُوا أَهْوَاءَهُمْ 16 ١٦

Va ulardan senga quloq osadiganlari bor. Huzuringdan chiqqanlarida esa, ilm berilganlarga: «Hali nima dedi?» – derlar. Ana o`shalar qalblariga Alloh tamg`a bosganlar va havoyi nafslariga ergashganlardir. (16)

Tafsir
Ey Paygʻambar, munofiqlar orasida shunday kimsalar borki, sizga nomiga quloq soladilar. Maqsadlari qabul qilish emas, etiroz bildirish boʻladi. Huzuringizdan chiqqanlarida atayin oʻzlarini bilmaganlikka solib, ilm ato etilgan kishilarga: "Hozir nima dedi?", deya masxaraomiz savol tashlaydilar. Alloh ularning qalblarini muhrlab qoʻygan. Muhrlangan qalblarga yaxshi gap yetib bormaydi. Ular havoyi nafslariga ergashadilar. Havoyi nafs esa har doim haqning yuzini yopib turadi. Uni sal chetroqqa surasiz, keyin haqni koʻrasiz.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin