Sura Muhammad (Muhammad ﷺ — محمد) (Oyat 20)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




47 Muhammad(محمد), Oyat 20

وَيَقُولُ الَّذِينَ آمَنُوا لَوْلَا نُزِّلَتْ سُورَةٌ ۖ فَإِذَا أُنْزِلَتْ سُورَةٌ مُحْكَمَةٌ وَذُكِرَ فِيهَا الْقِتَالُ ۙ رَأَيْتَ الَّذِينَ فِي قُلُوبِهِمْ مَرَضٌ يَنْظُرُونَ إِلَيْكَ نَظَرَ الْمَغْشِيِّ عَلَيْهِ مِنَ الْمَوْتِ ۖ فَأَوْلَىٰ لَهُمْ 20 ٢٠

Va iymon keltirganlar: «Biron sura nozil qilinsa edi», derlar. Vaqtiki, muhkam sura nozil qilinib, unda urush zikr qilinsa, qalblarida kasali borlarning senga xuddi jon berayotganning qarashidek qarayotganini ko`rasan. (20)

Tafsir
Allohga iymon keltirganlar Alloh bir sura nozil qilib, urush haqida bayon qilishini umid qiladilar. "Alloh bir sura nozil qilib, urushni ham zikr qilsa edi", deydilar. Ey Paygʻambar, Alloh urush haqidagi hamma hukmlarni oʻz ichiga olgan bir aniq sura nozil qilganidan keyin esa qalbida shak-shubhalar oʻrmalab yurgan munofiqlarni koʻrasizki, sizga xuddi qoʻrquv va dahshatdan hushini yoʻqotib qoʻygan odamdek qaraydilar. Alloh ularni ogohlantiradiki, oʻsha qoʻrqayotgan narsalari ularga juda yaqin turibdi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin