Sura Muhammad (Muhammad ﷺ — محمد) (Oyat 28)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




47 Muhammad(محمد), Oyat 28

ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمُ اتَّبَعُوا مَا أَسْخَطَ اللَّهَ وَكَرِهُوا رِضْوَانَهُ فَأَحْبَطَ أَعْمَالَهُمْ 28 ٢٨

Bunday bo`lishi, albatta, ularning Allohni g`azablantirgan narsaga ergashganlari va Uning roziligini xush ko`rmaganliklari sababidandir. Bas, U zot amallarini habata qildi. (28)

Tafsir
Bunday azobga duchor boʻlishlariga sabab shuki, ular Allohni gʻazablantiradigan kufr, munofiqlik, Allohga va Paygʻambarga qarshi chiqish kabi ishlarga ergashdilar. Parvardigorga yaqinlashtiradigan va U Zotning rizosiga olib boradigan Allohga iymon keltirish va Paygʻambarga itoat etish kabi ishlarni esa yoqtirmadilar. Bas, Alloh ularning amallarini habata qildi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin