Sura Muhammad (Muhammad ﷺ — محمد) (Oyat 32)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




47 Muhammad(محمد), Oyat 32

إِنَّ الَّذِينَ كَفَرُوا وَصَدُّوا عَنْ سَبِيلِ اللَّهِ وَشَاقُّوا الرَّسُولَ مِنْ بَعْدِ مَا تَبَيَّنَ لَهُمُ الْهُدَىٰ لَنْ يَضُرُّوا اللَّهَ شَيْئًا وَسَيُحْبِطُ أَعْمَالَهُمْ 32 ٣٢

Albatta, kufr keltirganlar va Allohning yo`lidan to`sganlar hamda hidoyat aniq bo`lgandan so`ng Payg`ambarga qarshi chiqqanlar Allohga hech zarar keltira olmaslar. Va ularning amallarini habata qilur. (32)

Tafsir
Allohga va paygʻambariga kufr keltirgan, oʻzlarini ham, boshqalarni ham Allohning dinidan toʻsgan va Paygʻambar alayhissolatu vassalomning chin paygʻambar ekani ayon boʻlganidan keyin ham u zotga qarshi chiqqan kimsalar Allohga hech qachon, hech qanday zarar keltira olmaydilar. Ular faqat oʻzlariga zarar qiladilar, xolos. Yaqinda Alloh ularning amallarini habata qilgay.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin