Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Albatta, bu dunyo hayoti o`yin va ko`ngil xushidir va gar iymon keltirsangiz va taqvo qilsangiz, U zot ajrlaringizni berur va molu dunyolaringizni so`ramas. (36)
Tafsir
Dunyo hayoti bir nafaslik oʻyin-kulgidan boshqa narsa emas. Aqlli odam oʻtkinchi oʻyin-kulgi bilan andarmon boʻlib, oxiratini esidan chiqarib yubormaydi. Agar Allohga va paygʻambariga iymon keltirib, Allohdan buyruqlarini bajarish va taqiqlaridan tiyilish ila taqvo qilsangizlar, amallaringizning savobini kamaytirmasdan, toʻla qilib beradi. Buning uchun sizlardan mol-davlatingizni soʻramaydi. Sizlardan faqat zimmangizdagi vojib boʻlgan zakotni talab qiladi, xolos.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: