Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
O`ljalar tomon, ularni olish uchun yurganingizda ortda qolganlar: «Qo`yib bering, biz ham sizga ergashurmiz», deyishar. Allohning kalomini o`zgartirmoqchi bo`lishar. Ayt: «Hech-hech bizga ergashmaysiz, ushbuni Alloh avval aytgan». Ular: «Balki, hasad qilayotgandirsizlar», deyishar. Yo`q, ular ozgina narsadan boshqa narsani anglamaslar. (15)
Tafsir
Ey moʻminlar, sizlar Alloh vada qilgan Hudaybiya sulhidan keyingi Xaybardan tushgan oʻljalarni olish uchun borayotganingizda ortda qolganlar: "Biz ham sizlar bilan chiqib, oʻz nasibamizni olaylik", deydilar. Ular shu talablari bilan Allohning moʻminlarga Hudaybiya sulhidan keyingi Xaybar oʻljalarini vada qilgani haqidagi gapini oʻzgartirmoqchi boʻladilar. Ey Paygʻambar, ularga ayting: "Bu oʻljalarni olish uchun hargiz biz bilan birga bormaysizlar. Alloh Xaybar oʻljalari Hudaybiyada qatnashganlar uchungina boʻlishini vada qilgan". Shunda ular: "Alloh tarafidan boʻlgan buyruq sababli emas, bizga hasad qilganingizdan shunday qilyapsizlar, Xaybarga borishimizni taqiqlayapsizlar", deydilar. Yoʻq, ular Allohning buyruqlarini ham, taqiqlarini ham juda kam anglaydilar. Shuning uchun gunoh qilaveradilar.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: