Sura Al-Fath (G‘alaba — الفتح) (Oyat 24)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




48 Al-Fath(الفتح), Oyat 24

وَهُوَ الَّذِي كَفَّ أَيْدِيَهُمْ عَنْكُمْ وَأَيْدِيَكُمْ عَنْهُمْ بِبَطْنِ مَكَّةَ مِنْ بَعْدِ أَنْ أَظْفَرَكُمْ عَلَيْهِمْ ۚ وَكَانَ اللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرًا 24 ٢٤

U zot Makka vodiysida sizlarni ularning ustidan zafar qozontirganidan so`ng ularning qo`llarini sizdan, sizning qo`lingizni ulardan to`sgan Zotdir. Va Alloh qilayotgan amallaringizni ko`rib turuvchidir. (24)

Tafsir
U shunday Zotki, mushriklarning qoʻllarini sizlardan toʻsdi. Oʻshanda ulardan sakson chogʻli odam Hudaybiyaga sizlarga bir yomonlik qilish uchun kelgandilar. Sizlarning qoʻllaringizni esa ulardan toʻsdi. Ularni oʻldirmadinglar, ularga ozor bermadinglar. Asir olish imkoningiz boʻla turib, hammasini qoʻyib yubordinglar. Alloh qilayotgan ishlaringizni koʻrib turguvchidir. Biron ishingiz U Zotdan maxfiy qolmas.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin