Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Batahqiq, Alloh Rasulining tushini haq ila tasdiqladi, albatta, Masjidul Haromga, inshoalloh, omonlikda, sochlaringiz olingan, qisqartirilgan holda, qo`rqmasdan kirasizlar. Bas, U siz bilmagan narsani biladi va sizlarga bundan boshqa yaqin fathni qildi. (27)
Tafsir
Alloh Rasuliga tushini haq ila rost ayladi. Paygʻambar alayhissalom tushida sahobalari bilan birga Masjidul-Haromga dushmandan xavfsiramasdan kirib borgandi. Ulardan ayrimlari sochlarini toʻla oldirgan boʻlsalar, boshqalari qisqartirgan edilar. Bas, ey moʻminlar, sizlarga nima foydali boʻlishini oʻzlaringiz emas, Alloh bildi. Shunga koʻra, Makkaga kirib borish haqidagi shu tush roʻyobga chiqishidan oldin boshqa bir zafarni, yani, Hudaybiya sulhi va undan keyingi Xaybar fathini amalga oshirdi. Xaybar Hudaybiyada qatnashgan moʻminlar qoʻli bilan fath etildi.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: