Sura Al-Hujurat (Hujralar — الحجرات) (Oyat 12)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




49 Al-Hujurat(الحجرات), Oyat 12

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا اجْتَنِبُوا كَثِيرًا مِنَ الظَّنِّ إِنَّ بَعْضَ الظَّنِّ إِثْمٌ ۖ وَلَا تَجَسَّسُوا وَلَا يَغْتَبْ بَعْضُكُمْ بَعْضًا ۚ أَيُحِبُّ أَحَدُكُمْ أَنْ يَأْكُلَ لَحْمَ أَخِيهِ مَيْتًا فَكَرِهْتُمُوهُ ۚ وَاتَّقُوا اللَّهَ ۚ إِنَّ اللَّهَ تَوَّابٌ رَحِيمٌ 12 ١٢

Ey, iymon keltirganlar! Ko`p gumonlardan chetda bo`linglar, chunki ba'zi gumonlar gunohdir. Josuslik qilmanglar. Ba'zilaringiz ba'zilaringizni g`iybat qilmanglar. Sizlardan birortalaringiz o`zining o`lgan birodarining go`shtini yeyishni yaxshi ko`rurmi? Ha, yomon ko`rasizlar. Allohdan qo`rqinglar! Albatta, Alloh tavbani ko`p qabul qiluvchi va rahimlidir. (12)

Tafsir
Ey Allohga iymon keltirib, shariatiga amal qiladiganlar, oʻz isbotini topmagan tuhmatlardan, asossiz gumonlardan yiroq boʻlinglar. Ayrim gumonlar gunohdir. Zohiran yaxshidek koʻringan ish haqida yomon gumon qilish shular jumlasidandir. Moʻminlarni kavlashtirib, ulardan ayb qidirmanglar. Birovingiz yana birovingizni gʻiybat qilmasin, yani, u haqda oʻzi yoqtirmaydigan gapni aytmasin. Birovni gʻiybat qilish oʻligining goʻshtini yeyish bilan barobar. Qaysi biringiz oʻlgan birodarining goʻshtini yeyishni istaydi?! Shunday ekan, oʻlgan birodaringizning goʻshtini yeyishdan qanchalik jirkansangiz, uni gʻiybat qilishdan ham shunchalik jirkaninglar. Allohdan buyruqlarini bajarish va taqiqlaridan tiyilish ila taqvo qilinglar. Alloh tavba qilgan bandalarining tavbasini qabul qiladigan va ularga Mehribon Zotdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin