Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Ey odamlar! Biz sizlarni bir erkak va ayoldan yaratdik va sizlarni o`zaro tanishishingiz uchun xalqlar va qabilalar qilib qo`ydik. Albatta, Allohning huzurida eng hurmatligingiz eng taqvodoringizdir. Albatta, Alloh biluvchi va xabardor Zotdir. (13)
Tafsir
Ey insonlar, darhaqiqat, Biz sizlarni bir erkak va bir ayoldan, yani, otangiz Odam va onangiz Havvodan yaratdik. Demak, hammangiz bir nasabdansiz. Shunday ekan, hech kim nasab bilan faxrlanib, oʻzini boshqalardan ustun qoʻymasin. Oʻzingizni boshqalardan yuqori qoʻyishingiz uchun emas, bir-biringiz bilan tanishib, yaqin boʻlib yurishingiz uchun sizlarni turli xil xalqlar, elatlar qilib qoʻydik. Zero, odam odamdan faqat taqvosi bilangina farq qiladi. Allohning nazdida eng hurmatga loyigʻingiz eng taqvodoringizdir. Alloh hamma ahvolingizni bilib, qaysi ishni toʻla va qaysi ishni chala qilib yurganingizdan xabardor boʻlib turadi. Biron narsa U Zotdan yashirin qolmaydi.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: