Sura Hujurot (Hujralar — الحجرات) (Oyat 16)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




49 Hujurot(الحجرات), Oyat 16

قُلْ أَتُعَلِّمُونَ اللَّهَ بِدِينِكُمْ وَاللَّهُ يَعْلَمُ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَمَا فِي الْأَرْضِ ۚ وَاللَّهُ بِكُلِّ شَيْءٍ عَلِيمٌ 16 ١٦

Sen: «Allohga diningizni bildirmoqchimisiz? Va holbuki, Alloh osmonlaru yerdagi narsani biluvchi Zotdir. Alloh har bir narsani biluvchidir», deb ayt. (16)

Tafsir
Ey Paygʻambar, anavi arobiylarga ayting: "Allohga dininglarni bildirib, sezdirib qoʻymoqchimisizlar? Holbuki, Alloh osmonlardagi narsalarni ham, yerdagi narsalarni ham biladi. Alloh hamma narsani Bilguvchidir. Biron narsa U Zotdan yashirin qolmas. U Zot bildirib qoʻyishinglarga muhtoj emas.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin