Sura Al-Hujurat (Hujralar — الحجرات) (Oyat 3)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




49 Al-Hujurat(الحجرات), Oyat 3

إِنَّ الَّذِينَ يَغُضُّونَ أَصْوَاتَهُمْ عِنْدَ رَسُولِ اللَّهِ أُولَٰئِكَ الَّذِينَ امْتَحَنَ اللَّهُ قُلُوبَهُمْ لِلتَّقْوَىٰ ۚ لَهُمْ مَغْفِرَةٌ وَأَجْرٌ عَظِيمٌ 3 ٣

Albatta, Rasulullohning huzurida ovozlarini pastlatganlar, ana o`shalar Alloh qalblarini taqvoga imtihon qilgan zotlardir. Ularga mag`firat va ulkan ajr bor. (3)

Tafsir
Paygʻambar alayhissalomning oldilarida ovozlarini paysaytirganlar shunday zotlarki, Alloh ularning qalblarani taqvo uchun sinab koʻrgan va ular taqvo sinovidan oʻtganlar. Ular uchun magʻfirat bordir. Qilgan gunohlari uchun jazolanmaydilar. Ular uchun Qiyomat kuni ulugʻ ajr ham bor. U jannatga kirishlaridir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin