Sura Al-Hujurat (Hujralar — الحجرات) (Oyat 7)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




49 Al-Hujurat(الحجرات), Oyat 7

وَاعْلَمُوا أَنَّ فِيكُمْ رَسُولَ اللَّهِ ۚ لَوْ يُطِيعُكُمْ فِي كَثِيرٍ مِنَ الْأَمْرِ لَعَنِتُّمْ وَلَٰكِنَّ اللَّهَ حَبَّبَ إِلَيْكُمُ الْإِيمَانَ وَزَيَّنَهُ فِي قُلُوبِكُمْ وَكَرَّهَ إِلَيْكُمُ الْكُفْرَ وَالْفُسُوقَ وَالْعِصْيَانَ ۚ أُولَٰئِكَ هُمُ الرَّاشِدُونَ 7 ٧

Va bilinglarki, albatta, ichlaringizda Rasululloh bordir. Agar u ishlardan ko`pida sizga itoat qilsa, albatta, qiyinchilikka duchor bo`lardingiz. Lekin, Alloh sizlarga iymonni mahbub qildi va uni qalblaringizda ziynatladi va sizlarga kufrni, fisqni va isyonni yomon ko`rsatdi. Ana o`shalar to`g`rilikda yuruvchilardir. (7)

Tafsir
Ey moʻminlar, bilinglarki, orangizda Allohning Paygʻambari boʻlib, u zotga vahiy nozil boʻlib turadi. Bas, yolgʻon gapirishdan ehtiyot boʻlinglar. Vahiy nozil boʻlib, yolgʻoninglar fosh boʻlib qolishi mumkin. Sizlarga nima foydaligini Paygʻambar yaxshiroq biladi. Koʻp ishlarda sizlarning takliflaringizga quloq solaversa, qiynalib qolasizlar. Alloh sizlarga qiyin boʻlishini istamaydi. Aksincha, U Zot Oʻz fazlu marhamati ila sizlarga iymonni sevimli qilib qoʻydi va uni qalblaringizga chiroyli, yoqimli qilib koʻrsatdi. Shuning uchun iymon keltirdingizlar. Kufr, itoatsizlik va masiyatni esa sizlarga xunuk, yoqimsiz qilib koʻrsatdi. Mana shu tavsiflarga ega boʻlganlar toʻgʻri yoʻlni tutgan zotlardir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin