Sura Al-Ma'idah (Dasturxon — المائدة) (Oyat 103)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




5 Al-Ma'idah(المائدة), Oyat 103

مَا جَعَلَ اللَّهُ مِنْ بَحِيرَةٍ وَلَا سَائِبَةٍ وَلَا وَصِيلَةٍ وَلَا حَامٍ ۙ وَلَٰكِنَّ الَّذِينَ كَفَرُوا يَفْتَرُونَ عَلَى اللَّهِ الْكَذِبَ ۖ وَأَكْثَرُهُمْ لَا يَعْقِلُونَ 103 ١٠٣

Alloh bahiyra, soiba, vasiyla va hommlarni qilgani yo`q. Lekin kufr keltirganlar Allohga nisbatan yolg`on to`qirlar. Ularning ko`plari aqlsizdirlar. (103)

Tafsir
Alloh chorva hayvonlarni halol qildi. Mushriklar bahiyrani, yani, malum miqdorda bola koʻrganidan keyin qulogʻi kesilgan tuyani, soibani, yani, malum yoshga yetganidan keyin sanamlariga atab qoʻyilgan tuyani, vasiylani, yani, urgʻochidan keyin urgʻochi tugʻavergan tuyani, homiyni, yani, pushtidan malum miqdorda boʻtaloq tugʻilgan erkak tuyani oʻzlariga oʻzlari harom qilib olib, ularni Alloh harom qilgan, deya Allohga boʻhton qiladilar. Aslida esa ularni Alloh harom qilmagan. Kofirlarning koʻpchiligi haq bilan botilning, halol bilan haromning farqiga bormaydilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin