Sura Al-Ma'idah (Dasturxon — المائدة) (Oyat 106)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




5 Al-Ma'idah(المائدة), Oyat 106

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا شَهَادَةُ بَيْنِكُمْ إِذَا حَضَرَ أَحَدَكُمُ الْمَوْتُ حِينَ الْوَصِيَّةِ اثْنَانِ ذَوَا عَدْلٍ مِنْكُمْ أَوْ آخَرَانِ مِنْ غَيْرِكُمْ إِنْ أَنْتُمْ ضَرَبْتُمْ فِي الْأَرْضِ فَأَصَابَتْكُمْ مُصِيبَةُ الْمَوْتِ ۚ تَحْبِسُونَهُمَا مِنْ بَعْدِ الصَّلَاةِ فَيُقْسِمَانِ بِاللَّهِ إِنِ ارْتَبْتُمْ لَا نَشْتَرِي بِهِ ثَمَنًا وَلَوْ كَانَ ذَا قُرْبَىٰ ۙ وَلَا نَكْتُمُ شَهَادَةَ اللَّهِ إِنَّا إِذًا لَمِنَ الْآثِمِينَ 106 ١٠٦

Ey, iymon keltirganlar! Birortangizga o`lim kelganda — vasiyat qilar chog`ida o`zingizdan bo`lgan ikki adolatli kishi, agar yer yuzida safardalik chog`ingizda o`lim musiybati yetsa, o`zgalardan ikki kishi o`rtangizda guvoh bo`lsin. Agar shubha qilsangiz, guvohlarni namozdan keyin tutasiz va ular: «Garchi qarindoshimiz uchun bo`lsa ham, qasamni ozgina qiymatga sotmasmiz va Alloh uchun guvohligimizni yashirmasmiz. Zotan, u holda, albatta, gunohkorlardan bo`lib qolamiz», deb Alloh nomi ila qasam icharlar. (106)

Tafsir
Ey iymon keltirganlar, birortangizga oʻlim alomatlari koʻrinib, ajali yaqinlashib qolayotganini sezsa, qilayotgan vasiyatiga ikki odil musulmonni guvoh qilsin. Musulmon topilmasa, ikki kofir kishi ham boʻlaveradi. Musofirlikda oʻlim topib, guvohlik borasida shubha paydo boʻlib qolsa, biron namozdan keyin ikki guvohni toʻxtatinglar-da, ular shunday qasam ichsin: "Alloh tarafidan oʻzimga beriladigan nasibani hech qanday evazga sotmayman, oʻzimga yaqin odamning tarafini olmayman, Alloh uchun boʻlgan guvohligimni yashirmayman, shu aytganlarimni bajarmasam, Allohga gunoh qiladigan osiylar safidan joy olishim muqarrar!"

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin