Sura Moida (Dasturxon — المائدة) (Oyat 108)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




5 Moida(المائدة), Oyat 108

ذَٰلِكَ أَدْنَىٰ أَنْ يَأْتُوا بِالشَّهَادَةِ عَلَىٰ وَجْهِهَا أَوْ يَخَافُوا أَنْ تُرَدَّ أَيْمَانٌ بَعْدَ أَيْمَانِهِمْ ۗ وَاتَّقُوا اللَّهَ وَاسْمَعُوا ۗ وَاللَّهُ لَا يَهْدِي الْقَوْمَ الْفَاسِقِينَ 108 ١٠٨

Ana shunday qilmoqlik, guvohlikni haqqoniy ado etishlariga yoki qasamlaridan so`ng raddiya qasam bo`lishidan qo`rqishlariga yaqinroqdir. Allohga taqvo qilinglar va quloq osinglar. Alloh fosiq qavmlarni hidoyat qilmas. (108)

Tafsir
Ularning guvohligiga shubha tugʻilib qolgan paytda mana shu ikki guvohning namozdan keyingi qasami ularning guvohlikni shariy tarzda ado etishlariga yaqinlashtiradi. Natijada ular guvohlikni oʻzgartirmaydilar va unga xiyonat qilmaydilar. Ayni paytda merosxoʻrlarning oʻzlariga qarshi qasam ichib qolishlaridan va oqibatda sharmanda boʻlishlaridan xavfsiratadi. Shunday ekan, Allohdan taqvo qilib, guvohlik berishda ham, qasam ichishda ham yolgʻon soʻzlamangiz va xiyonat qilmangiz. Farmonlarni qabul boʻladigan tarzda ado etingiz. Alloh itoatsizlarga tavfiq bermas.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin