Sura Al-Ma'idah (Dasturxon — المائدة) (Oyat 109)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




5 Al-Ma'idah(المائدة), Oyat 109

يَوْمَ يَجْمَعُ اللَّهُ الرُّسُلَ فَيَقُولُ مَاذَا أُجِبْتُمْ ۖ قَالُوا لَا عِلْمَ لَنَا ۖ إِنَّكَ أَنْتَ عَلَّامُ الْغُيُوبِ 109 ١٠٩

Alloh Payg`ambarlarni jamlagan kunda: «Sizga qanday javob qilindi?» – deb so`raydir. Ular: «Biz bilmaymiz, albatta, Sening O`zinggina g`ayblarni yaxshi bilguvchisan», derlar. (109)

Tafsir
Ey odamlar, Qiyomatni eslanglar. U kunda Alloh hamma paygʻambarlarni toʻplab: "Ummatlaringiz sizlarning davatingizga qanday javob berdi", deb soʻraydi. Shunda ular javobni Allohning Oʻziga topshirib: "Parvardigoro, biz bilmaymiz, hamma bilim Senda, gʻayb ishlarini yolgʻiz Oʻzing bilasan", deydilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin