Sura Al-Ma'idah (Dasturxon — المائدة) (Oyat 119)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




5 Al-Ma'idah(المائدة), Oyat 119

قَالَ اللَّهُ هَٰذَا يَوْمُ يَنْفَعُ الصَّادِقِينَ صِدْقُهُمْ ۚ لَهُمْ جَنَّاتٌ تَجْرِي مِنْ تَحْتِهَا الْأَنْهَارُ خَالِدِينَ فِيهَا أَبَدًا ۚ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُمْ وَرَضُوا عَنْهُ ۚ ذَٰلِكَ الْفَوْزُ الْعَظِيمُ 119 ١١٩

Alloh: «Bu kun, rostgo`ylarga rostgo`yliklari manfaat beradigan kun. Ularga ostidan suvlar oqib turgan jannatlar bor, unda abadiy — boqiy bo`lurlar. Alloh ulardan rozi bo`ldi. Ular Allohdan rozi bo`ldi. Bu esa, ulug` yutuqdir», – dedi. (119)

Tafsir
Alloh taolo Iyso alayhissalomga dedi: "Bu kun niyati, gapi va amalida sodiq boʻlganlarga sadoqatlari asqotadigan kun. Ularga qasrlari va daraxtlari ostidan anhorlar oqib oʻtadigan jannatlar boʻlib, unda abadiy qolurlar, hech qachon oʻlmaydilar. Alloh ulardan rozi boʻlib, ularga gʻazab qilmas. Ular ham bunday nematlarga noil boʻlganlari uchun Allohdan rozi boʻlurlar. Bu mukofot va rozilik shu qadar ulugʻ muvaffaqiyatdirki, unga tenglashadigan boshqa muvaffaqiyat yoʻqdir".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin