Sura Al-Ma'idah (Dasturxon — المائدة) (Oyat 17)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




5 Al-Ma'idah(المائدة), Oyat 17

لَقَدْ كَفَرَ الَّذِينَ قَالُوا إِنَّ اللَّهَ هُوَ الْمَسِيحُ ابْنُ مَرْيَمَ ۚ قُلْ فَمَنْ يَمْلِكُ مِنَ اللَّهِ شَيْئًا إِنْ أَرَادَ أَنْ يُهْلِكَ الْمَسِيحَ ابْنَ مَرْيَمَ وَأُمَّهُ وَمَنْ فِي الْأَرْضِ جَمِيعًا ۗ وَلِلَّهِ مُلْكُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَمَا بَيْنَهُمَا ۚ يَخْلُقُ مَا يَشَاءُ ۚ وَاللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ 17 ١٧

Batahqiq, Masiyh ibn Maryam Allohdir, deganlar ham kofir bo`ldilar. Ularga: «Agar Alloh Masiyh ibn Maryamni, uning onasini va yer yuzidagi barcha kimsalarni halok etishni iroda qilsa, kim Uni biron narsadan man qila oladi? Holbuki, osmonlaru yer va ularning orasidagi narsalar Allohnikidir. U nimani xohlasa, xalq qiladir. Va Alloh har bir narsaga qodirdir», deb ayt! (17)

Tafsir
Nasroniylardan «Alloh Maryamning oʻgʻli Masihdir», degan kimsalar aniq kofir boʻldilar. Ey Paygʻambar alayhissalom, ularga ayting: «Agar Alloh Maryamning oʻgʻli Masihni, uning onasini va yer yuzidagi hamma odamlarni halok etishni istasa, kim Allohni biron ishdan qaytara oladi?!» Modomiki, bu ish hech kimning qoʻlidan kelmas ekan, shuning oʻzi Allohdan oʻzga iloh yoʻqligini, Maryamning oʻzi ham, oʻgʻli Masih ham va boshqa hamma maxluqotlar ham Allohning bandalari ekanini koʻrsatmaydimi? Osmonlar, yer va ularning orasidagi bor narsalar Allohning mulkidir. U Oʻzi istagan narsasini Oʻzi istagan tarzda yaratur. Iyso alayhissalomni yaratishi ham shular jumlasidandir. Iyso Allohning bandasi va elchisidir. Alloh hamma narsaga Qodirdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin