Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Ey, ahli kitoblar! Batahqiq, sizlarga Payg`ambarimiz keldi. U sizlarga Payg`ambarlardan bo`sh davrda (dinni) bayon qiladir. Bizga bashorat berguvchi ham, ogohlantirguvchi ham kelmagan, demasligingiz uchun. Bas, batahqiq, sizlarga bashorat berguvchi ham, ogohlantirguvchi ham keldi. Va Alloh har bir narsaga qodirdir. (19)
Tafsir
Ey ahli kitob - yahudiy va nasroniylar, oldingi paygʻambarlardan uzilish boʻlib, yangi bir risolat kelishiga juda qattiq ehtiyoj tugʻilgan bir davrda sizlarga Muhammad alayhissalom paygʻambar boʻlib keldi. Toki, bizga Allohning savobi haqida xushxabar eltadigan, azobidan esa ogohlantiradigan bir paygʻambar kelmagan edi-da, deya uzr aytolmay qolinglar. Sizlarga Muhammad alayhissalom Allohning savobi haqida xushxabar beruvchi, azobidan esa ogohlantiruvchi boʻlib keldi. Alloh har narsaga Qodirdir. Uning qoʻlidan kelmaydigan ish yoʻq. Paygʻambarlarni va ularning xotami Muhammad alayhissalomni yuborishi ham qudratining bir koʻrinishidir.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: