Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Ulardan U zotdan qo`rqadiganlardan bo`lgan va Alloh ularga ne'mat ato etgan ikki kishi: «Ularning ustiga eshikdan kirib boringlar. Agar unga kirsalaring, albatta g`olib bo`lasizlar. Agar mo`min bo`lsangiz, Allohga tavakkal qilingiz», – dedilar. (23)
Tafsir
Muso alayhissalomning ashobidan Allohdan qoʻrqadigan va Allohning tavfiqiga musharraf boʻlgan ikki kishi qavmini Muso alayhissalomga itoat etishga targʻib etib, shunday dedilar: "Zolimlarga qarshi shahar darvozasidan kirib boringlar. Ostonadan oʻtib olsangizlar, tamom, Allohning izni ila sizlar gʻolibsizlar. Zero, gʻalaba kelishi borasidagi Allohning qonuniyati shuni taqozo qiladi. Gʻalabaga erishish uchun munosib vositalarni qoʻllamoq lozim. Buning uchun vositalarning Allohga boʻlgan iymondan kelib chiqishi va moddiy vositalarni ham tayyorlab qoʻyish kerak boʻladi. Shunday ekan, moʻminligingiz chin boʻlsa, yolgʻiz Allohgagina tayaninglar, tavakkal qilinglar. Negaki, iymon yolgʻiz U Zotgagina tavakkal qilishni taqozo etadi.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: