Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Ularga Odamning ikki o`g`li xabarini haq ila tilovat qilib ber. Ikkovlari qurbonlik qilganlarida, birlaridan qabul qilindi, boshqasidan qabul qilinmadi. U: «Albatta, men seni o`ldirajakman», – dedi. Birisi: «Albatta, Alloh taqvodorlardangina qabul qiladir. (27)
Tafsir
Ey Paygʻambar alayhissalom, oʻsha zolim hasadgoʻy yahudiylarga Odam alayhissalomning ikki oʻgʻli Qobil va Hobil haqidagi qissani haqqirost aytib bering. Allohga yaqin boʻlish uchun qurbonlik qilganlarida Alloh Hobilning qurbonligini qabul qildi. Chunki taqvodor edi. Qobilning qurbonligini esa qabul qilmadi. Negaki, u taqvodor emasdi. Qobil hasad qilib: "Ey Hobil, men seni aniq oʻldiraman", dedi. Shunda Hobil: "Alloh Undan buyruqlarini bajarish va taqiqlaridan tiyilish ila taqvo qiladigan zotlarninggina qurbonliklarini qabul qiladi", deb javob bergandi.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: