Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Ey, iymon keltirganlar! Allohning dini alomatlarini, harom oyni, atalgan qurbonlikni, osilgan belgilarni va Robbilaridan fazl va rozilik tilab Baytul Haromni qasd qilib chiqqanlarni o`zingizga halol hisoblamang. Ehromdan chiqib halol bo`lsangiz, ov qilsangiz, mayli. Masjidul Haromdan to`sgani uchun bir qavmni yomon ko`rishingiz ularga tajovuzkor bo`lishingizga olib bormasin. Yaxshilik va taqvo yo`lida hamkorlik qiling. Gunoh va dushmanlik yo`lida hamkorlik qilmang. Allohga taqvo qiling. Albatta, Alloh iqobi shiddatli Zotdir. (2)
Tafsir
Ey iymon keltirganlar, Alloh ulugʻlashga buyurib, taqiqlab qoʻygan ishlarni oʻzingizga halol qilib olmang. Tikilgan kiyimni kiyish, ov qilish kabi ehromda man qilingan ishlardan tiyiling. Urush harom qilingan oylarda (zulqada, zulhijja, muharram va rajab oylarida) jang qilishni oʻzingizga halol qilib olmang. Alloh uchun qurbonlikka atalgan hayvonlarni tortib olish, yoʻlini toʻsish kabi ishlarni oʻzingizga halol qilib olmang. Qurbonlikka atalganini koʻrsatib turadigan belgisi bor hayvonlarni ham oʻzingizga halol qilib olmang. Tijorat va Allohning rizosi uchun Allohning uyi sari ketayotganlarni ham oʻzingizga halol qilib olmang. Haj yoki umrada ehromdan chiqqaningizdan keyin istasangiz, ov qilavering. Bir qavm sizni Masjidul-haromdan toʻsgani uchun uni yomon koʻrib qolgandingiz. Endi shu yomon koʻrishingiz sizni ularga jabr qilishga va adolat qilmaslikka olib borib qoʻymasin. Ey moʻminlar, buyurilgan ishlarni bajarishda va taqiqlangan ishlardan tiyilishda oʻzaro hamkorlik qiling. Gunoh ishlarda, odamlarning qoni, moli va obroʻlariga tajovuz qilishda esa hamkorlik qilmanglar. Allohga itoat qilish va U Zotga gunoh qilishdan tiyilish bilan Allohdan qoʻrqinglar. Osiylarga Allohning azobi qattiqdir. Uning azobidan ehtiyot boʻlinglar.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: