Ey, iymon keltirganlar! Allohning dini alomatlarini, harom oyni, atalgan qurbonlikni, osilgan belgilarni va Robbilaridan fazl va rozilik tilab Baytul Haromni qasd qilib chiqqanlarni o`zingizga halol hisoblamang. Ehromdan chiqib halol bo`lsangiz, ov qilsangiz, mayli. Masjidul Haromdan to`sgani uchun bir qavmni yomon ko`rishingiz ularga tajovuzkor bo`lishingizga olib bormasin. Yaxshilik va taqvo yo`lida hamkorlik qiling. Gunoh va dushmanlik yo`lida hamkorlik qilmang. Allohga taqvo qiling. Albatta, Alloh iqobi shiddatli Zotdir.
Al-Ma'idah 5:2 ⧉