Sizlarga o`limtik, qon, cho`chqa go`shti, Allohdan boshqaning nomi ila so`yilgan, bo`g`ilib o`lgan, urib o`ldirilgan, yiqilib o`lgan, suzib o`ldirilgan, yirtqich yegan hayvonlar harom qilindi. Magar, (o`lmay turib) so`yib olsangiz (halol). Va butlarga so`yilgan hayvonlar ham, cho`plar ila fol ochishingiz ham harom qilindi. Bunday qilmog`ingiz fosiqlikdir. Bugungi kunda kufr keltirganlar diningizga zarar yetkazishdan umid uzdilar. Ulardan qo`rqmanglar, Mendan qo`rqinglar. Bugungi kunda Men sizning diningizni mukammal qilib berdim. Sizga ne'matimni batamom qildim. Va sizga Islomni din deb, rozi bo`ldim. Kimki gunohga moyil bo`lmagan holida ochlikda muztar bo`lsa, albatta, Alloh mag`firatli va rahimli Zotdir.
Moida 5:3 ⧉