Sura Al-Ma'idah (Dasturxon — المائدة) (Oyat 33)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




5 Al-Ma'idah(المائدة), Oyat 33

إِنَّمَا جَزَاءُ الَّذِينَ يُحَارِبُونَ اللَّهَ وَرَسُولَهُ وَيَسْعَوْنَ فِي الْأَرْضِ فَسَادًا أَنْ يُقَتَّلُوا أَوْ يُصَلَّبُوا أَوْ تُقَطَّعَ أَيْدِيهِمْ وَأَرْجُلُهُمْ مِنْ خِلَافٍ أَوْ يُنْفَوْا مِنَ الْأَرْضِ ۚ ذَٰلِكَ لَهُمْ خِزْيٌ فِي الدُّنْيَا ۖ وَلَهُمْ فِي الْآخِرَةِ عَذَابٌ عَظِيمٌ 33 ٣٣

Allohga va Uning Payg`ambariga qarshi urush qiluvchilar, yer yuzida fasod qiluvchilarning jazosi, albatta, o`ldirilmoqlari yoki osilmoqlari yoxud qo`l-oyoqlari qarama-qarshi tomondan kesilmog`i yoki yer yuzida surgun qilinmoqlaridir. Bu, ularga bu dunyoda or bo`lur. Oxiratda esa, ularga ulkan azob bor. (33)

Tafsir
Alloh va Rasuliga qarshi urushadigan, bosqinchilik, qaroqchilik va qirgʻinbarot bilan yer yuzini fasodga toʻldiradigan kimsalarning jazosi oʻldirilishlari yo osilishlari yoki qoʻl-oyoqlarining qarama-qarshi tarafdan kesilishi, yani, oʻng oyoq bilan chap qoʻl yoki chap oyoq bilan oʻng qoʻlning kesilishi yoxud diyorlaridan surgun qilinishlaridir. Bu jazo ular uchun bu dunyoda sharmandalikdir. Yana ularga oxiratda ulugʻ azob bordir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin