Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Ey, iymon keltirganlar! Allohga taqvo qilinglar va Unga vasiyla axtaringiz hamda Uning yo`lida jihod qilingiz. Shoyadki, yutuqqa erishsangiz. (35)
Tafsir
Ey iymon keltirganlar, Allohdan buyruqlarini bajarish va taqiqlaridan tiyilish bilan taqvo qilingiz, buyruqlarini bajarish va taqiqlaridan tiyilish orqali Unga yaqin boʻlish yoʻllarini qidiringiz, Uning rizosi yoʻlida kofirlarga qarshi jang qilingiz. Shoyad shunda izlagan, orzu qilgan narsalaringizga erishib, qoʻrqayotgan, ehtiyot boʻlayotgan narsalaringizdan najot topsangiz.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: