Sura Al-Ma'idah (Dasturxon — المائدة) (Oyat 45)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




5 Al-Ma'idah(المائدة), Oyat 45

وَكَتَبْنَا عَلَيْهِمْ فِيهَا أَنَّ النَّفْسَ بِالنَّفْسِ وَالْعَيْنَ بِالْعَيْنِ وَالْأَنْفَ بِالْأَنْفِ وَالْأُذُنَ بِالْأُذُنِ وَالسِّنَّ بِالسِّنِّ وَالْجُرُوحَ قِصَاصٌ ۚ فَمَنْ تَصَدَّقَ بِهِ فَهُوَ كَفَّارَةٌ لَهُ ۚ وَمَنْ لَمْ يَحْكُمْ بِمَا أَنْزَلَ اللَّهُ فَأُولَٰئِكَ هُمُ الظَّالِمُونَ 45 ٤٥

Biz unda ularga: jonga — jon, ko`zga — ko`z, burunga — burun, quloqqa — quloq, tishga — tish va jarohatlarda qasos vojib, deb yozdik. Kim u(qasos)ni kechib yuborsa, bu unga kafforotdir. Kim Alloh nozil qilgan narsa ila hukm yuritmasa, o`shalar zolimlardir. (45)

Tafsir
Biz Tavrotda yahudiylarga qasddan odam oʻldirgan, qasddan birovning koʻzini oʻyib olgan, qasddan birovning burnini kesgan, qasddan birovning qulogʻini kesgan, qasddan birovning tishini sugʻurib olganlarga jinoyatchi qancha jarohat yetkazgan boʻlsa, oʻshancha jazo olishini farz qildik. Kim oʻz ixtiyori bilan jinoyatchini kechirib yuborsa, oʻziga zulm qilgan odamni afv etgani tufayli bu ishi gunohlariga kafforat boʻladi. Qasos va boshqa masalalarda Alloh nozil qilgan vahiy bilan hukm qilmaganlar - ana oʻshalar Alloh belgilab qoʻygan hadlardan oshgan zolimlardir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin