Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Moida — Oyat 45 (Oʻzbekcha) — Video

Moida • Oyat 120 dan 45 • Oʻzbekcha


وَكَتَبْنَا عَلَيْهِمْ فِيهَا أَنَّ النَّفْسَ بِالنَّفْسِ وَالْعَيْنَ بِالْعَيْنِ وَالْأَنْفَ بِالْأَنْفِ وَالْأُذُنَ بِالْأُذُنِ وَالسِّنَّ بِالسِّنِّ وَالْجُرُوحَ قِصَاصٌ ۚ فَمَنْ تَصَدَّقَ بِهِ فَهُوَ كَفَّارَةٌ لَهُ ۚ وَمَنْ لَمْ يَحْكُمْ بِمَا أَنْزَلَ اللَّهُ فَأُولَٰئِكَ هُمُ الظَّالِمُونَ 45
Tarjima:
Biz unda ularga: jonga — jon, ko`zga — ko`z, burunga — burun, quloqqa — quloq, tishga — tish va jarohatlarda qasos vojib, deb yozdik. Kim u(qasos)ni kechib yuborsa, bu unga kafforotdir. Kim Alloh nozil qilgan narsa ila hukm yuritmasa, o`shalar zolimlardir. Moida 5:45
Tafsir:
Biz Tavrotda yahudiylarga qasddan odam oʻldirgan, qasddan birovning koʻzini oʻyib olgan, qasddan birovning burnini kesgan, qasddan birovning qulogʻini kesgan, qasddan birovning tishini sugʻurib olganlarga jinoyatchi qancha jarohat yetkazgan boʻlsa, oʻshancha jazo olishini farz qildik. Kim oʻz ixtiyori bilan jinoyatchini kechirib yuborsa, oʻziga zulm qilgan odamni afv etgani tufayli bu ishi gunohlariga kafforat boʻladi. Qasos va boshqa masalalarda Alloh nozil qilgan vahiy bilan hukm qilmaganlar - ana oʻshalar Alloh belgilab qoʻygan hadlardan oshgan zolimlardir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Moida • Oyat 44 Keyingi Moida • Oyat 46