Ularning izlaridan Iyso ibn Maryamni o`zidan oldingi Tavrotni tasdiqlovchi qilib yubordik. Unga Injilni berdik. Unda hidoyat va nur bor. U o`zidan oldingi Tavrotni tasdiqlaguvchidir. U taqvodorlar uchun hidoyat va mav'izadir. Al-Ma'idah 5:46 ⧉
Tafsir:
Bani Isroil paygʻambarlari ortidan Iyso ibn Maryamni yubordik. U, Tavrotdagi hukmlarga iymon keltirib, oʻshalar bilan hukm qildi. Unga haqqa hidoyatlaydigan, hujjatlar bilan shubhalarni daf qiladigan, hukmga oid muammolarni hal etadigan Injilni berdik. Injil, Tavrotdagi ayrim hukmlarnigina nasx-bekor qilib kelgan, xolos. Boshqa masalalarda esa bu ikki ilohiy kitob bir-biriga muvofiq keladi. Biz Injilni toʻgʻri yoʻlga boshlaydigan hidoyat va harom ishlardan qaytaradigan nasihatgoʻy qildik.