Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Ma'idah — Oyat 44 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Ma'idah • Oyat 120 dan 44 • Oʻzbekcha


إِنَّا أَنْزَلْنَا التَّوْرَاةَ فِيهَا هُدًى وَنُورٌ ۚ يَحْكُمُ بِهَا النَّبِيُّونَ الَّذِينَ أَسْلَمُوا لِلَّذِينَ هَادُوا وَالرَّبَّانِيُّونَ وَالْأَحْبَارُ بِمَا اسْتُحْفِظُوا مِنْ كِتَابِ اللَّهِ وَكَانُوا عَلَيْهِ شُهَدَاءَ ۚ فَلَا تَخْشَوُا النَّاسَ وَاخْشَوْنِ وَلَا تَشْتَرُوا بِآيَاتِي ثَمَنًا قَلِيلًا ۚ وَمَنْ لَمْ يَحْكُمْ بِمَا أَنْزَلَ اللَّهُ فَأُولَٰئِكَ هُمُ الْكَافِرُونَ 44
Tarjima:
Biz Tavrotni nozil qildik. Unda hidoyat va nur bor. U bilan U zotga taslim bo`lgan Payg`ambarlar, Allohning kitobini muhofaza qilishga mukallaf bo`lgan robboniylar va ahborlar yahudiy bo`lganlarga hukm yuriturlar. Ular bu kitobga guvoh qilinganlar. Odamlardan qo`rqmanglar, Mendan qo`rqinglar. Mening oyatlarimni arzon bahoga sotmanglar. Kim Alloh nozil qilgan narsa ila hukm yuritmasa, o`shalar kofirlardir. Al-Ma'idah 5:44
Tafsir:
Biz Muso alayhissalomga Tavrotni nozil qildik. Unda irshod, ezgulikka chaqiriq va atrofni yorituvchi nur bor. Allohga boʻysunuvchi Bani Isroil paygʻambarlari, Allohning kitobi oʻzgarib ketmasligiga javobgar boʻlgan olimlar va faqihlar u bilan hukm yuritadilar. Ular Tavrotning haq ekaniga guvohdirlar. Odamlar bu kitob borasida ularga murojaat qiladilar. Shunday ekan, ey yahudiylar, odamlardan qoʻrqmanglar. Yolgʻiz Mendangina qoʻrqinglar. Allohning dini bilan hukm qilishdek bebaho nematni mansab, obroʻ va mol-dunyo kabi arzon bahoga sotmanglar. Alloh nozil qilgan vahiy bilan hukm qilmasdan, boshqa hukmni undan afzal koʻrgan yoki unga teng koʻrgan kimsalar - ana oʻshalar haqiqiy kofirlardir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Ma'idah • Oyat 43 Keyingi Al-Ma'idah • Oyat 45