Sura Al-Ma'idah (Dasturxon — المائدة) (Oyat 46)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




5 Al-Ma'idah(المائدة), Oyat 46

وَقَفَّيْنَا عَلَىٰ آثَارِهِمْ بِعِيسَى ابْنِ مَرْيَمَ مُصَدِّقًا لِمَا بَيْنَ يَدَيْهِ مِنَ التَّوْرَاةِ ۖ وَآتَيْنَاهُ الْإِنْجِيلَ فِيهِ هُدًى وَنُورٌ وَمُصَدِّقًا لِمَا بَيْنَ يَدَيْهِ مِنَ التَّوْرَاةِ وَهُدًى وَمَوْعِظَةً لِلْمُتَّقِينَ 46 ٤٦

Ularning izlaridan Iyso ibn Maryamni o`zidan oldingi Tavrotni tasdiqlovchi qilib yubordik. Unga Injilni berdik. Unda hidoyat va nur bor. U o`zidan oldingi Tavrotni tasdiqlaguvchidir. U taqvodorlar uchun hidoyat va mav'izadir. (46)

Tafsir
Bani Isroil paygʻambarlari ortidan Iyso ibn Maryamni yubordik. U, Tavrotdagi hukmlarga iymon keltirib, oʻshalar bilan hukm qildi. Unga haqqa hidoyatlaydigan, hujjatlar bilan shubhalarni daf qiladigan, hukmga oid muammolarni hal etadigan Injilni berdik. Injil, Tavrotdagi ayrim hukmlarnigina nasx-bekor qilib kelgan, xolos. Boshqa masalalarda esa bu ikki ilohiy kitob bir-biriga muvofiq keladi. Biz Injilni toʻgʻri yoʻlga boshlaydigan hidoyat va harom ishlardan qaytaradigan nasihatgoʻy qildik.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin