Sura Al-Ma'idah (Dasturxon — المائدة) (Oyat 50)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




5 Al-Ma'idah(المائدة), Oyat 50

أَفَحُكْمَ الْجَاهِلِيَّةِ يَبْغُونَ ۚ وَمَنْ أَحْسَنُ مِنَ اللَّهِ حُكْمًا لِقَوْمٍ يُوقِنُونَ 50 ٥٠

Johiliyat hukmini istarlarmi?! Ishonchi komil qavmlar uchun Allohdan hukmi yaxshiroq kim bor?! (50)

Tafsir
Siz chiqargan hukmdan yuz oʻgirib, but, sanamlarga sigʻinadigan, havoyi nafsiga qarab hakamlik qiladigan johiliyat hukmini talab qiladilarmi? Allohning paygʻambariga nozil qilgan hukmlari haqida aqlini ishlata bilgan iymoni butunlar uchun Allohdan koʻra goʻzalroq hakam yoʻqligi kundek ravshan-ku. Havoyi nafsiga ergashadigan johiliyat ahli esa nohaq boʻlsa ham oʻz istagiga mos keladigan hukmnigina qabul qiladilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin