Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Qalblarida kasallik borlarning «Zamon aylanib bizga musiybat yetishidan qo`rqamiz» deb, ular tomon shoshilganini ko`rasan. Shoyadki, Alloh fathu nusrat bersa yoki O`z tomonidan biron ish ato qilsayu o`zlaricha sirlashgan narsalariga nadomat qilsalar. (52)
Tafsir
Ey Paygʻambar alayhissalom, koʻrasizki, iymoni zaif munofiqlar "Ular gʻolib boʻlib, davlat ularning qoʻliga tegib qolsa, bizga bir zarar yetkazishlaridan qoʻrqamiz", deya yahudiy va nasroniylar bilan doʻst boʻlishga oshiqadilar. Ehtimol gʻalabani Alloh Oʻz Paygʻambari va moʻminlarga berar yoki Oʻz tarafidan yahudiy va ularga doʻst boʻlganlarning shavkatini sindiradigan boshqa bir ishni olib kelar. Shu bilan ular bilan doʻst boʻlishga oshiqayotganlar dillarida yashirgan munofiqliklariga afsus-nadomat chekib qolarlar. Chunki ular tayanayotgan sabablar oʻta zaif va yaroqsizdir.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: