Sura Al-Ma'idah (Dasturxon — المائدة) (Oyat 53)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




5 Al-Ma'idah(المائدة), Oyat 53

وَيَقُولُ الَّذِينَ آمَنُوا أَهَٰؤُلَاءِ الَّذِينَ أَقْسَمُوا بِاللَّهِ جَهْدَ أَيْمَانِهِمْ ۙ إِنَّهُمْ لَمَعَكُمْ ۚ حَبِطَتْ أَعْمَالُهُمْ فَأَصْبَحُوا خَاسِرِينَ 53 ٥٣

Iymon keltirganlar: «O`zlarini sizlar bilan deb, Allohning nomi ila jon-jahdlari ila qasam ichganlar anavilarmi?» – deyishadi. Amallari behuda ketdi. Bas, ziyon ko`rguvchilardan bo`ldilar. (53)

Tafsir
Moʻminlar munofiqlarning bu ahvolidan taajjubga tushib: «Jon-jahdlari bilan «Iymonda ham, nusratda ham, doʻstlikda ham sizlar bilan birgamiz», deb qasam ichganlar shularmi?», deydilar. Ularning amallari habata ketdi va oʻzlari ziyon koʻrguvchilarga aylanib qoldilar. Chunki ular murod-maqsadlariga yetolmadilar. Boz ustiga ularga azob tayyorlab qoʻyilgandir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin