Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Moida — Oyat 53 (Oʻzbekcha) — Video

Moida • Oyat 120 dan 53 • Oʻzbekcha


وَيَقُولُ الَّذِينَ آمَنُوا أَهَٰؤُلَاءِ الَّذِينَ أَقْسَمُوا بِاللَّهِ جَهْدَ أَيْمَانِهِمْ ۙ إِنَّهُمْ لَمَعَكُمْ ۚ حَبِطَتْ أَعْمَالُهُمْ فَأَصْبَحُوا خَاسِرِينَ 53
Tarjima:
Iymon keltirganlar: «O`zlarini sizlar bilan deb, Allohning nomi ila jon-jahdlari ila qasam ichganlar anavilarmi?» – deyishadi. Amallari behuda ketdi. Bas, ziyon ko`rguvchilardan bo`ldilar. Moida 5:53
Tafsir:
Moʻminlar munofiqlarning bu ahvolidan taajjubga tushib: «Jon-jahdlari bilan «Iymonda ham, nusratda ham, doʻstlikda ham sizlar bilan birgamiz», deb qasam ichganlar shularmi?», deydilar. Ularning amallari habata ketdi va oʻzlari ziyon koʻrguvchilarga aylanib qoldilar. Chunki ular murod-maqsadlariga yetolmadilar. Boz ustiga ularga azob tayyorlab qoʻyilgandir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Moida • Oyat 52 Keyingi Moida • Oyat 54