Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
«Ey, ahli kitoblar! Bizni faqat Allohga hamda o`zimizga nozil qilingan va avvallari nozil qilingan narsalarga iymon keltirganimiz uchun va sizlarning ko`pchiligingiz fosiq bo`lganingiz uchun ayblaysizlarmi?!» – deb ayt. (59)
Tafsir
Ey Paygʻambar alayhissalom, ahli kitobning oʻsha masxarabozlariga aytingki, sizlar oʻzi bizni nima uchun ayblayotganingizni bilasizlarmi? Chunki biz Allohga, Uning bizga nozil qilgan shariatiga va bizdan oldingilarga nozil qilgan shariatlariga iymon keltirganmiz. Sizlarning esa aksariyatingiz Allohga iymon keltirish va Uning farmonlarini bajarishdan bosh tortib, itoatsiz osiylar boʻlib ketgansizlar. Sizlarning bu ayblovingiz biz uchun mazammat emas, maqtovdir.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: