Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Ey, Payg`ambar! Senga Robbingdan nozil qilingan narsani yetkaz. Agar shunday qilmasang, Uning elchiligini yetkazmagan bo`lasan. Alloh seni odamlardan saqlar. Albatta, Alloh kofir qavmlarni hidoyat qilmas. (67)
Tafsir
Ey Paygʻambar, Parvardigoringiz tarafidan sizga nozil boʻlgan xabarlarning barchasini oqizmay-tomizmay mukammal tarzda yetkazing! Biron narsani yashirmang. Birgina narsani yashirsangiz ham risolatni yetkazmagan boʻlib qolasiz. (Paygʻambar alayhissalom oʻziga buyurilgan bu ishni mukammal tarzda ado etgan, hamma-hammasini yetkazgan. Kim bunday boʻlmagan deb oʻylasa, Allohga katta boʻhton qilgan boʻladi). Shu kundan boshlab Alloh sizni odamlardan himoya qiladi. Ular sizga bironta ham yomonlik qila olmaydilar. Sizning vazifangiz faqat va faqat yetkazish. Alloh hidoyatni xohlamaydigan kofirlarni rushdu hidoyatga muvaffaq qilmaydi.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: