Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Moida — Oyat 67 (Oʻzbekcha) — Video

Moida • Oyat 120 dan 67 • Oʻzbekcha


يَا أَيُّهَا الرَّسُولُ بَلِّغْ مَا أُنْزِلَ إِلَيْكَ مِنْ رَبِّكَ ۖ وَإِنْ لَمْ تَفْعَلْ فَمَا بَلَّغْتَ رِسَالَتَهُ ۚ وَاللَّهُ يَعْصِمُكَ مِنَ النَّاسِ ۗ إِنَّ اللَّهَ لَا يَهْدِي الْقَوْمَ الْكَافِرِينَ 67
Tarjima:
Ey, Payg`ambar! Senga Robbingdan nozil qilingan narsani yetkaz. Agar shunday qilmasang, Uning elchiligini yetkazmagan bo`lasan. Alloh seni odamlardan saqlar. Albatta, Alloh kofir qavmlarni hidoyat qilmas. Moida 5:67
Tafsir:
Ey Paygʻambar, Parvardigoringiz tarafidan sizga nozil boʻlgan xabarlarning barchasini oqizmay-tomizmay mukammal tarzda yetkazing! Biron narsani yashirmang. Birgina narsani yashirsangiz ham risolatni yetkazmagan boʻlib qolasiz. (Paygʻambar alayhissalom oʻziga buyurilgan bu ishni mukammal tarzda ado etgan, hamma-hammasini yetkazgan. Kim bunday boʻlmagan deb oʻylasa, Allohga katta boʻhton qilgan boʻladi). Shu kundan boshlab Alloh sizni odamlardan himoya qiladi. Ular sizga bironta ham yomonlik qila olmaydilar. Sizning vazifangiz faqat va faqat yetkazish. Alloh hidoyatni xohlamaydigan kofirlarni rushdu hidoyatga muvaffaq qilmaydi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Moida • Oyat 66 Keyingi Moida • Oyat 68