Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Moida — Oyat 68 (Oʻzbekcha) — Video

Moida • Oyat 120 dan 68 • Oʻzbekcha


قُلْ يَا أَهْلَ الْكِتَابِ لَسْتُمْ عَلَىٰ شَيْءٍ حَتَّىٰ تُقِيمُوا التَّوْرَاةَ وَالْإِنْجِيلَ وَمَا أُنْزِلَ إِلَيْكُمْ مِنْ رَبِّكُمْ ۗ وَلَيَزِيدَنَّ كَثِيرًا مِنْهُمْ مَا أُنْزِلَ إِلَيْكَ مِنْ رَبِّكَ طُغْيَانًا وَكُفْرًا ۖ فَلَا تَأْسَ عَلَى الْقَوْمِ الْكَافِرِينَ 68
Tarjima:
«Ey, ahli kitoblar! Tavrot, Injil va sizga Robbingizdan nozil qilingan narsaga amal qilmaguningizcha hech narsaga arzimassizlar», deb ayt. Senga Robbingdan nozil qilingan narsa ulardan ko`plarining tug`yon va kufrlarini ziyoda qilur. Kofir qavmlar uchun achinma. Moida 5:68
Tafsir:
Ey Paygʻambar, ayting: "Ey yahudiy va nasroniylar, to Tavrot, Injil va Qurondagi sizlarga nozil qilingan narsalarga amal qilmaguningizcha diningiz din hisoblanmaydi. Iymoningiz Quronga iymon keltirish va undagi hukmlarga amal qilish bilangina chin iymonga aylanadi". Ey Paygʻambar alayhissalom, sizga Parvardigoringiz tarafidan nozil qilingan vahiy ahli kitobning koʻplariga tugʻyon ustiga tugʻyonni, kufr ustiga kufrni ziyoda qiladi, xolos. Chunki ularda hasad bor. Shunday boʻlgach, siz u kofirlarga achinmang. Sizga ergashgan moʻminlarning oʻzi siz uchun yetarlidir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Moida • Oyat 67 Keyingi Moida • Oyat 69