Sura Al-Ma'idah (Dasturxon — المائدة) (Oyat 68)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




5 Al-Ma'idah(المائدة), Oyat 68

قُلْ يَا أَهْلَ الْكِتَابِ لَسْتُمْ عَلَىٰ شَيْءٍ حَتَّىٰ تُقِيمُوا التَّوْرَاةَ وَالْإِنْجِيلَ وَمَا أُنْزِلَ إِلَيْكُمْ مِنْ رَبِّكُمْ ۗ وَلَيَزِيدَنَّ كَثِيرًا مِنْهُمْ مَا أُنْزِلَ إِلَيْكَ مِنْ رَبِّكَ طُغْيَانًا وَكُفْرًا ۖ فَلَا تَأْسَ عَلَى الْقَوْمِ الْكَافِرِينَ 68 ٦٨

«Ey, ahli kitoblar! Tavrot, Injil va sizga Robbingizdan nozil qilingan narsaga amal qilmaguningizcha hech narsaga arzimassizlar», deb ayt. Senga Robbingdan nozil qilingan narsa ulardan ko`plarining tug`yon va kufrlarini ziyoda qilur. Kofir qavmlar uchun achinma. (68)

Tafsir
Ey Paygʻambar, ayting: "Ey yahudiy va nasroniylar, to Tavrot, Injil va Qurondagi sizlarga nozil qilingan narsalarga amal qilmaguningizcha diningiz din hisoblanmaydi. Iymoningiz Quronga iymon keltirish va undagi hukmlarga amal qilish bilangina chin iymonga aylanadi". Ey Paygʻambar alayhissalom, sizga Parvardigoringiz tarafidan nozil qilingan vahiy ahli kitobning koʻplariga tugʻyon ustiga tugʻyonni, kufr ustiga kufrni ziyoda qiladi, xolos. Chunki ularda hasad bor. Shunday boʻlgach, siz u kofirlarga achinmang. Sizga ergashgan moʻminlarning oʻzi siz uchun yetarlidir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin