Sura Al-Ma'idah (Dasturxon — المائدة) (Oyat 6)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




5 Al-Ma'idah(المائدة), Oyat 6

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِذَا قُمْتُمْ إِلَى الصَّلَاةِ فَاغْسِلُوا وُجُوهَكُمْ وَأَيْدِيَكُمْ إِلَى الْمَرَافِقِ وَامْسَحُوا بِرُءُوسِكُمْ وَأَرْجُلَكُمْ إِلَى الْكَعْبَيْنِ ۚ وَإِنْ كُنْتُمْ جُنُبًا فَاطَّهَّرُوا ۚ وَإِنْ كُنْتُمْ مَرْضَىٰ أَوْ عَلَىٰ سَفَرٍ أَوْ جَاءَ أَحَدٌ مِنْكُمْ مِنَ الْغَائِطِ أَوْ لَامَسْتُمُ النِّسَاءَ فَلَمْ تَجِدُوا مَاءً فَتَيَمَّمُوا صَعِيدًا طَيِّبًا فَامْسَحُوا بِوُجُوهِكُمْ وَأَيْدِيكُمْ مِنْهُ ۚ مَا يُرِيدُ اللَّهُ لِيَجْعَلَ عَلَيْكُمْ مِنْ حَرَجٍ وَلَٰكِنْ يُرِيدُ لِيُطَهِّرَكُمْ وَلِيُتِمَّ نِعْمَتَهُ عَلَيْكُمْ لَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ 6 ٦

Ey, iymon keltirganlar! Namozga turmoqchi bo`lsalaringiz, yuzlaringizni va qo`llaringizni chig`anoqlari ila yuvinglar. Boshlaringizga mas'h tortinglar. Va oyoqlaringizni to`piqlari ila yuvinglar. Agar junub bo`lsalaringiz, poklaninglar. Agar bemor yoki safarda bo`lsalaringiz yoxud birortalaringiz tahoratxonadan kelsa yoki ayollarga yaqinlik qilsa-yu, suv topa olmasalaringiz, bas, pokiza tuproq ila tayammum qilinglar. Undan yuzingizga va qo`llaringizga mas'h tortinglar. Alloh sizlarga qiyinchilik tug`dirishni istamas. Ammo sizlarni poklashni va sizlarga O`z ne'matini batamom qilib berishni istaydir. Shoyadki, shukr qilsangizlar. (6)

Tafsir
Ey iymon keltirganlar, namoz oʻqishga turmoqchi boʻlsangiz-u, tahoratingiz boʻlmasa, tahorat olingiz, yani, yuzlaringizni hamda qoʻllaringizni tirsaklari bilan yuvingiz, boshlaringizga mash tortingiz va oyoqlaringizni toʻpiqlari bilan yuvingiz. Agar junub boʻlsangiz, gʻusl qilingiz. Hojatxonadan chiqqaningiz tufayli tahorat qilishingiz yoki ayollarga yaqinlik qilganingiz tufayli gʻusl qilishingiz shart boʻlib qolganda bemor boʻlib, kasalingiz kattalashib ketishidan yo tuzalishi kechikib ketishidan qoʻrqsangiz yoki musofir boʻlsangiz, tayammum qilingiz. Yani, bir toza yerga qoʻllaringizni urib, yuzlaringiz va qoʻllaringizga surtingiz. Alloh hukmlari bilan sizlarga qiyinchilik tugʻdirib, zarar boʻlsa ham suvni ishlatishga majburlamadi. Aksincha, suvsizlik yoki kasallik tufayli uzrli boʻlib qolganda suvning oʻrniga tayammum qilishni shariatlashtirdi. Shu bilan sizlarga bergan nematini toʻla qildi. Shoyadki, Allohning nematiga shukr qilsangizlar, unga nonkoʻrlik qilmasangizlar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin