Sura Al-Ma'idah (Dasturxon — المائدة) (Oyat 71)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




5 Al-Ma'idah(المائدة), Oyat 71

وَحَسِبُوا أَلَّا تَكُونَ فِتْنَةٌ فَعَمُوا وَصَمُّوا ثُمَّ تَابَ اللَّهُ عَلَيْهِمْ ثُمَّ عَمُوا وَصَمُّوا كَثِيرٌ مِنْهُمْ ۚ وَاللَّهُ بَصِيرٌ بِمَا يَعْمَلُونَ 71 ٧١

Ular, hech qanday sinov bo`lmas, deb ko`ru kar bo`lib oldilar. So`ngra, Alloh ularni kechirdi. Keyin ulardan ko`plari yana ko`ru kar bo`lib oldilar. Alloh ularning qilayotganini ko`ruvchi Zotdir. (71)

Tafsir
Ular ahdu paymonni buzish, paygʻambarlarni yolgʻonchiga chiqarish va oʻldirish yomon oqibatlarga olib kelmaydi, deb oʻylashdi. Oʻylaganlari boʻlmadi, oʻylamaganlari boʻldi va ular haqni koʻrmaydigan koʻr, haqni eshitmaydigan kar boʻlib oldilar. Soʻng Alloh Oʻz fazli ila ularni kechirdi. Shundan keyin ham ulardan koʻplari yana koʻr va karga aylanib oldilar. Alloh ularning qilayotgan ishlarini koʻrib, bilib turguvchidir. Hech narsa Allohdan yashirin boʻlolmaydi. Yaqinda hammasining jazosini beradi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin