Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Masiyh ibn Maryam bir Payg`ambar, xolos. Undan oldin ham Payg`ambarlar o`tgan. Uning onasi esa, siddiqadir. Ikkovlari ham taom yer edilar. Biz ularga oyatlarni qanday bayon qilayotganimizga nazar sol-u, keyin ularning qanday burilib ketayotganlariga nazar sol. (75)
Tafsir
Masih Iyso ibn Maryam ham boshqa paygʻambarlarga oʻxshagan bir paygʻambar, xolos. Boshqa paygʻambarlar vafot qilganidek, u ham vafot qiladi. Onasi Maryam alayhassalom esa har doim rost soʻzlaydigan rostgoʻy, siddiqadir. Har ikkisi ham taom yeydilar. Taomga muhtoj odamning iloh boʻlishi mumkinmi? Ey Paygʻambar alayhissalom, ularga Allohning yagonaligi haq ekaniga, ularning hadlaridan oshib, oyatlarimizni inkor qilib, Allohdan boshqani ham iloh deb bilishlari esa nohaqlik ekaniga dalolat qiladigan oyatlarni qanday bayon qilayoganimizga bir qarang! Keyin esa Allohning yakka-yolgʻiz ekaniga dalolat qiluvchi shuncha oyatlarni koʻra-bila turib, ularning haqdan yuz oʻgirayotganlariga bir nazar soling.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: